17:31 / 25.02.2016
7812

Afg‘onistonlik bolaga Messining imzosi tushirilgan futbolka berildi

Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi libosini sellofan paketdan yasab olgan holda internet olamiga mashhur bo‘lib ketgan afg‘onistonlik Murtazo Ahmadiyga Messi imzosi tushirilgan 10 raqamli futbolka topshirildi.

Unicef‘ning Afg‘onistondagi vakolatxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra Messining vakillari ham Argentina terma jamoasining bu libosga qo‘yilgan imzosini tasdiqlagan.

«Men Messini yaxshi ko‘raman, bu futbolkamdagi yozuvda esa Messi ham meni yaxshi ko‘rishini yozgan», deya taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan 5 yoshli Murtazo.

Messi sellofan xaltadan o‘zining futbolkasini yasab olgan iroqlik bolakayga yordam berishni istamoqda

Messi o‘zining futbolkasini polietilen paketdan yasab olgan afg‘onistonlik muxlis bola bilan uchrashishga tayyor

Messining polietilen paketdan yasalgan futbolkasini kiyib olgan bola Afg‘onistondan topildi


Top