08:59 / 25.02.2016
2737

FIFA apellyatsiya qo‘mitasi Blatter va Platinining diskvalifikatsiyasi muddatini qisqartirdi

FIFA apellyatsiya qo‘mitasi Yozef Blatter va Mishel Platinining diskvalifikatsiya muddatini qisqartirish bo‘yicha qaror chiqardi.

FIFA rasmiy saytida yozilishicha, Blatter va Platinining diskvalifikatsiyasi muddati 8 yildan 6 yilgacha kamaytirilgan.

«Platini va Blatterning UYeFA, FIFA va futbolga qilgan xizmatlari uchun ularga berilgan jazo muddati 8 yildan 6 yilga kamaytirildi», – deb yoziladi FIFA bayonotida.

Bundan tashqari, apellyatsiya qo‘mitasi FIFA axloq qo‘mitasining ushbu amaldorlarni umrbod futbol faoliyatidan chetlashtirish bo‘yicha so‘rovini rad etgan.

Top