23:04 / 25.02.2016
13656

Lukashenko Putinga Dmitriy Anatolevich deb murojaat qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Minskdagi kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvda Putinni Dmitriy Anatolevich deb yanglish atab yubordi.

Ma'lum qilinishicha, bu qiziq voqea Belarus prezidenti uchrashuvni ochayotganda yuz berdi. "Hurmatli Dmitriy Anatolevich", deb o‘z so‘zlarini boshladi Lukashenko Putinga murojaat qilib. Ushbu holat chop etilgan videoda Lukashenko bu so‘zlarni aytgandan keyin biroz talmovsirab nega bunday bo‘lganini tushuntirib berishga uringan.

Biroq Putin Lukashenkoning gapini bo‘lib, yuz bergan voqeaga hazil bilan javob berdi. "Men tushuntirib beraman. Axir pullar hammasi u yerdada", deb aytdi Putin byudjyet moliyalashtirishi taqsimlashi bilan Rossiya hukumati shug‘ullanishini nazarda tutib hamda Dmitriy Medvedev va Rossiya hukumati a'zolari o‘tirgan tomonga ishora qilib qo‘ydi.

Lukashenko shundan keyin nutqini davom ettirdi. "Hurmatli Vladimir Vladimirovich, hurmatli Dmitriy Anatolevich, hurmatli do‘stlar", deb o‘z nutqini boshqatdan boshladi Lukashenko.

Lukashenko va Putinning kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvi Ittifoqdosh davlatlar oliy kengashi yig‘ilishi oldidan bo‘lib o‘tdi. Undan avval ikki davlat yetakchisi birga-bir uchrashgan.

Top