18:18 / 25.02.2016
4114

Qozog‘istonda bir oyoqli yigit kurortda qutqaruvchi bo‘lib ishlamoqda

Qozog‘istonning Olma-ota shahri yaqinida joylashgan Shimbuloq tog‘-chang‘i kurortida g‘aroyib qutqaruvchi ishlaydi. Uning ismi Aleksey Retivix bo‘lib, yoshi 31da va uning bir oyog‘i yo‘q.

Bu g‘aroyib inson haqida Facebook foydalanuvchilaridan biri Jandosh Sayit o‘zining rasmiy sahifasida aytib bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, Aleksey bir yil oldin chang‘i uchishni bilmas edi. Hozir esa u chang‘i uchishni juda yaxshi biladi.

Chang‘ida turishga uning orzusi yordam berdi. Bir oy o‘tib, instruktor bilan birga mashqlar qilib, Aleksey muvozanatni ushlashni o‘rganib olib uchishni boshlagan.

“Hozir u chang‘i uchish san'atini juda yaxshi o‘rganib oldi va uni har doim rivojlantirib boradi. Endi u kurortda qutqaruvchi bo‘lib ishlaydi!!! Bu boshqa biron bir mamlakatda emas, balki o‘zimizning Olma-otada”, - deb yozdi Jandosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Alekseyga qarab, hech qachon biror ishni qo‘limdan kelmaydi demaslik kerak, faqat harakat qilinsa erishish mumkin.

Shu ma'lum bo‘ldiki, u yigitga tibbiy yordam kerak.

“Unga o‘tish angioplastika – o‘tish qismining tiklanishi bilan, zarar ko‘rgan terilarning loskutlar bilan almashtirilishi, tos-son suyagi implantatsiyasi zarur ekan”, - deydi Facebook foydalanuvchisi.

Avvaliga u muammolar haqida yozmaslikka qaror qilgan, chunki Aleksey katta va mehnatkash erkak. Lekin u bilan yaqinroq tanishgandan so‘ng, unga albatta yordam berish kerakligini tushungan.

"Alekseyga o‘xshagan insonlar, ilhomlantiradi va to‘xtab qolmaslikka dalda beradi", deb hisoblaydi Jandosh.

Alekseyning do‘stlari ham unga qo‘ldan kelgancha yordam berishmoqda. Ular Instagramda sarlavha ochib, unga yuborilayotgan yordam pullarining hisobotini yuklab borishadi.

Top