16:29 / 25.02.2016
4348

Turkiya TIV Saudiya Arabistonidan harbiy samolyotlar yetib kelishini kutmoqda

Turkiya o‘z hududida 26 fevral kuni Saudiya Arabistonining IShIDga qarshi amaliyotlarda ishtirok etishi mo‘ljallangan harbiy samolyotlarini qabul qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chovusho‘g‘liga asoslanib, Anadolu axborot agentligi xabar tarqatgan.

"Saudiya Arabistoni harbiy samolyotlari Turkiyaga bugun yoki ertaga yetib kelishi kutilmoqda. Saudiya Arabistonidan jo‘natilgan maxsus vakil allaqachon Turkiyada", deydi u.

Shu bilan birgalikda, Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi vakili qirollikning qiruvchi samolyotlari Turkiyaning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi Injirlik bazasiga yetib borgani haqida ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Turkiyaning Suriya bilan chegaradagi harakatlarini qattiq tanqid qilib chiqqandi.

Top