10:43 / 26.02.2016
1907

Jyerrard The Telegraph gazetasi kolumnistiga aylandi

«Liverpul» jamoasining sobiq yarim himoyachisi Stiven Jyerrard Buyuk Britaniyadagi obro‘li nashrlardan biri bo‘lmish The Telegraph gazetasi kolumnisti bo‘ldi.

«Maydonda ham, uning tashqarisida ham men o‘zimga ishonch bildirganlarga ishonch bildiraman. Men bu jamoaga o‘z imkoniyatlarimga ishonganim uchun qo‘shildim. Men endi gazeta orqali futbol olamidagi voqealarga erkin tarzda o‘z munosabatimni bildirib borish imkoniga ega bo‘lishimdan mamnunman. Men va'da qilishim mumkinki, o‘z kolonkamda har bir gapimni vijdonan yozib boraman», — deydi Jyerrard.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi ayni vaqtda Amerika chempionatidagi «Los-Anjyeles Gelaksi» jamoasi a'zosi hisoblanadi.

Top