12:11 / 26.02.2016
3276

LG o‘zining ilk modulli smartfoni –G5 bilan debyut qildi

LG MobileWorldCongress 2016 ko‘rgazmasida Friend konsepsiyasi bilan bir qatorda yangi G5 ni namoyish etdi 

LG Electronics o‘zining eng orziqib kutilgan LG G5 smartfonini ishlab chiqara boshlagani haqida ma'lum qildi. LG G5 – bu nafaqat yangi suv o‘tmas dizayn, balki metall korpus olish va surish mumkin bo‘lgan batareya va modulli konstruksiyaga ham ega. Bu esa smartfondan foydalanishning beqiyos qulayligini ta'minlaydi. To‘plamda mavjud tegishli LG Friends moslamalari orqali G5 smartfoni raqamli kameraga, Hi-Fi ovozli media qurilmasiga va boshqalarga aylanishi mumkin.

Modulli ilk LG smartfoni

Modul tipli LG smartfonining innovatsion dizayni butunmetallik korpus konstruksiyasida an'anaviy olish mumkin bo‘lgan quvvat manbaini saqlagan holda tarixda ilk bor LGG5 smartfonining raqamli kameraga, Hi-Fi ovozli media qurilmasiga va boshqalarga aylanish imkonini yaratadi.

CAMPlus Moduli

LGCAMPlus kameraning universal moduli hisoblanadi. Uni batareya bo‘limi orqali ulash mumkin, bu xuddi alohida fotokameradan foydalangandek qulay ushlash va boshqarishni ta'minlab beradi.


LGG5 ga ulanganda yanada ko‘proq tasvirga olish va yanada ko‘proq xursand bo‘lish uchun modul qo‘shimcha 1,200 mAs sig‘imli akkumulyatorni ishga soladi.

Hi-FiPlussB&OPlay Moduli

V&OPlay moslamali LGHi-FiPlus moduli Hi-Fi tsifro-analogli shakl o‘zgartiruvchi innovatsion ko‘chma audiopleyer hisoblanadi. U Bang&OlufsenPlay bilan hamkorlikda maxsus ishlab chiqildi. Odatda tiniq ovoz va musiqada faqat professional audio moslamalaridagina mavjud.

V&OPlay moslamali LGHi-FiPlus, shuningdek, ovozni 32-bit,384 kGts yuqori chastotada taratishga qodir. V&OPlay moslamali LGHi-FiPlus ni LGG5 bilan birga modul sifatida yoki alohida Hi-Fi ovozli media qurilma sifatida smartfon yoki shaxsiy kompyuterga ulangan holda foydalanish mumkin.



Ekstrimal kengburchakli obektiv va mukammallashtirilgan foydalanish interfeysi

LG ning kameralar va smartfonlar ishlab chiqarishdagi yetakchilik obro‘sini saqlagan holda LG G5 orqa panelida ikkita kamera bilan jihozlangan – biri standart 78 gradusli obektiv, va ikkinchisi, smartfonga o‘rnatish mumkin bo‘lgan eng keng 135 gradusli kengburchak obektiv.

Keng burchakli obektiv tasvirga olinayotgan ko‘rinishning katta qismi, masalan, baland binolarni obektgacha uzoqlikni oshirmay ham qamrab oladi.

Tegishli moslamalarnig keng qamrovi
Ekotizim doirasida LG - LGFriends deb nomlangan keng qamrovli tegishli moslamalarni taqdim etadi.

360 VR moduli

LG 360 VR moduli virtual reallik ko‘zoynaklaridir va ular faqatgina G5 bilan ishlaydi. Uni maxsus sim orqali G5 ga ulanganda vizual ikki metr uzoqlikdagi 130 dyuymli televizor hosil qiladi. O‘zgacha uslubdagi dizayn ko‘rinishiga ega, osongina buklanib-yig‘ilishi esa foydalanuvchilarga yonida olib yurish, istagan paytda va istagan joyda VR kontent tomosha qilish imkonini beradi.

360 CAM moduli

LG 360 CAM 360 gradus burchakli ixchamgina kamera, 13Mp,200 gradusli kengburchak kameralar bilan jihozlangan, 1,200mAch quvvatli akkumulyator va microSD xotira kartasi bilan kengaytirish mumkin bo‘lgan 4Gb ichki xotira bilan ta'minlangan.

LG 360 CAM osonlik bilan LGG5 ga ulash va 360 gradusli kontent hosil qilish mumkin. LG 360 CAM - 2Ki 5.1 kanalli ovozni uchta mikrofonga yozish video formatini yarata oladi. Bu esa osonlik bilan yuqori sifatli 360 gradusli kontent hosil qilishga imkon beradi. Google bilan hamkorlikning natijasi sifatida 360 CAM bilan suratga olingan tasvirlar boshqalar bilan kontentni ko‘ra olishi uchun StreetView va YouTube 360 xizmatlariga yuklash mumkin. Tasvirlarni LG 360 VR virtual reallik kameralari, shuningdek, 360 gradus kontentni qo‘llay oladigan boshqa smartfon yoki uskunalar orqali ham ko‘rish mumkin.



RollingBot moduli
LG RollingBot moduli (sirpanadigan robot) o‘ziga o‘rnatilgan 8Mp kamera yordamida suratga olish paytida koptokdek dumalay oladigan tegishli moslamadir. Bu shunchaki o‘yinchoq emas, RollingBot ni uyni nazorat qilish uchun, uy hayvonlaridan xabar olish uchun, shuningdek, o‘xshash maishiy texnikalarni masofadan boshqarish pulti sifatida qo‘llash mumkin. Wi-Fi orqali ulanadigan IP kamerasi ko‘magida foydalanuvchilar LG G5 orqali butun uyni nazorat qila oladilar.

Asosiy tavsifi: *
● Chipset: ProtsessorQualcomm® Snapdragon™ 820
● Ekrani: 5.3-dyuymli Quad HD IPS Quantumdispley (2560 x 1440 / 554ppi)
● Xotirasi: 4Gb LPDDR4 RAM / 32GbUFS ROM / microSD (do 2TB)
● Kamerasi: Asosiy: Standart 16Mp, Kengburchakli kamera 8Mp / Old kamera: 8Mp
● Batareyasi: 2,800mAch(olish mumkin)
● OT: Android 6.0 Marshmallow
● Hajmi: 149.4 x 73.9 x 7.7mm
● Og‘irligi: 159g
● Tarmoqlari: LTE/ 3G /2G
● Ulanishi: Wi-Fi 802.11 a, b, g, n, ac / USB Type-C) / NFC / Bluetooth 4.2
● Ranglari: Kumushsimon / Titan / Tillarang /Pushti

* Bozor talabidan kelib chiqib xarakteristika o‘zgarishi mumkin. 

Top