11:54 / 26.02.2016
3158

Mumbayda selfi taqiqlandi

Selfi tufayli bir necha o‘lim holatlari kuzatilgach, Mumbay hukumati shaharning 16 hududida suratga olishni taqiqlab qo‘ydi. Chunki bu yerlarda tasvirga olish hayot uchun xavfli, deb hisoblaydi politsiya.

Ushbu qonunga qaramasdan baribir o‘zini suratga oladiganlarni politsiya patruli nazorat qiladi va jarimaga tortadi, deb xabar beradi The Guardian.

Hindiston o‘zini telefon kamerasiga suratga oladiganlarning o‘limi holati bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. 2014 yildan beri selfi sabab sodir bo‘lgan 49 o‘limdan 19 tasi aynan Hindistonda sodir bo‘lgan.

Top