12:34 / 26.02.2016
2342

OAV: AQSh FIFA prezidentligi uchun saylovda shahzoda Alini qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh vakillari iordaniyalik shahzoda Ali ibn al-Husayn nomzodini FIFA prezidentligi uchun saylovda qo‘llab-quvvatlashadi. Bu haqda AR xabar tarqatgan.

"Men nomzodimni AQSh qo‘llab-quvvatlashidan faxrdaman. Men FIFAda adolat, shaffoflik va jiddiylikni tiklamoqchiman. Biz futbolni birinchi o‘ringa qo‘yamiz", deydi amaldor.

FIFA prezidentligi uchun saylov bugun, 26 fevral kuni o‘tkaziladi. Saylovda 4 nomzod ishtirok etadi: JAR vakili, milliarder Tokio Seksvale, OFK prezidenti shayx Salmon ibn Ibrohim al-Xalifa, FIFA bosh kotibini sobiq o‘rinbosari Jyerom Shampan va UYeFA bosh kotibi Janni Infantino.

Yangi prezidan 4 yil muddat davomida tashkilotni boshqaradi.

Top