10:59 / 26.02.2016
3589

Onalik va bolalikni muhofaza qilish Bosh boshqarmasining Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

Kengashda Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi hududiy organlar, davolash-profilaktika va ta'lim muassasalari rahbarlari, kafedra mudirlari va professorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirining “Bolalarga xirurgiya xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘ining bajarilishi tahlili olib borildi.

Shuningdek, 2015 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida go‘daklar va bolalar o‘limi tahlili va uni kamaytirish chora-tadbirlari, sog‘liqni saqlash vazirining 2014 yil 28 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida perinatal yordamni hududlashtirish (regionalizatsiya) to‘g‘risida”gi buyrug‘ining bajarilishi haqida ma'ruzalar tinglandi.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida sog‘liqni saqlash vazirining 2014 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi birlamchi tibbiy muassalarida kontratseptiv vositalar ta'minot-logistika tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-2017 yillar davrida bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarori bajarilishi kabi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sayti.

Top