09:58 / 26.02.2016
19542

Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi

26 fevral kuni Toshkent shahrida harakatlanuvchi avtobusda yana yong‘in kelib chiqdi. Bu xususida Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari «Voditeli Tashkenta» guruhida xabar berishgan. Mazkur guruhda voqea joyidan olingan suratlar ham joylangan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q. Foydalanuvchilarning fikricha, voqea Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Biz bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida "Toshshahartransxizmat" AKning telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qildik. Biroq go‘shak ko‘tarilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni ham Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Mercedes-Benz Low Floor rusumli №12 yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusda yong‘in kelib chiqqandi.

Top