19:04 / 27.02.2016
3336

Germaniya ayg‘oqchilik xizmati Ketrin Eshtonni kuzatgan

Germaniya ayg‘oqchilik xizmati BND taxmin qilingandan ham ko‘proq siyosatchilarning qo‘ng‘iroqlarini maxfiy ravishda kuzatib borgan.

2009 yildan beri BND britaniyalik siyosatchi Ketrin Eshtonni kuzatib kelgan, bu yillar ichida u YeIning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori vakili hamda Yevrokomissiyaning rais o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Oktyabr oyining o‘rtalarida shu ma'lum bo‘lgandiki, BND yevropalik va amerikalik siyosatchilarni kuzatishda nafaqat o‘zining balki AQSh milliy xavfsizlik agentligining (MXA) ham kalit so‘zlaridan foydalangan.

2013 yildan beri BND AQSh davlat kotibi Jon Kerrining mobil telefonini kuzatishni boshlashgan, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuv hech foyda bermagan. Chunki BND agentlaridan biri amerikaliklar davlat kodini adashtirib qo‘ygan va uning o‘rniga Afrika davlatlaridan birining kodini kiritib yuborgan.

Shunga qaramasdan, nemis ayg‘oqchilik xizmati Kerrini kuzatishni AQSh kotibiyatida o‘rnatilgan boshqa telefonlar orqali davom ettirayotgani aytilgan.

Top