00:01 / 27.02.2016
3436

JSST: uchta orol davlat o‘z hududida Zika virusi tarqalganini ma'lum qildi

2007 yil yanvaridan 2016 yil 25 fevraligacha 52 ta davlat va hududda Zikaning yuqishi holatlari qayd qilingan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lum qildi.

Jyenevada chop etilgan JSSTning axborot byulletenida "Zika virusining tarqalgani haqida xabar bergan 52 ta davlat orasida uchta orol davlat – Marshall orollari, Trinidad va Tobago, Sent-Vinsent va Grenadinlar borligi" ta'kidlangan. Bu orollarga qachon virus kirgani haqida aniq ma'lumotlar aytilmagan. Biroq Zika virusiga bag‘ishlangan JSSTning avvalgi byulletenida ular virus tarqalgan davlatlar ro‘yxatida bo‘lmagan.

JSSTning ta'kidlashicha, virus 2015 yilda G‘arbiya yarimsharda topilganidan keyin "virusning tarqalish geografiyasi kengaymoqda". Virusning tarqalishi hozirda Janubiy va Shimoliy Amerikadagi 31 ta davlatda qayd qilingan.

Top