11:29 / 27.02.2016
13725

Navbatdagi bahs: Bu kamzul qaysi rangda?

Internet foydalanuvchilari yana bir marta libos rangini aniqlashda turli qutblarga ajralishdi.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bir qismi suratda keltirilgan Adidas sport kamzuli tillarang logotipli qora libos ekanini davo qilishmoqda. Ikkinchi tomon esa bu kiyim oq logotipli ko‘k libos ekanini ta'kidlamoqda. Uchinchi tomonning aytishicha, bu oltinrang logotipli yashil kamzuldir.

Bu muhokamalar Buzzfeed tomonidan o‘tkazilgan so‘rov ko‘pchilik odamlarga libos oq-ko‘k bo‘lib ko‘rinayotgani, ba'zilar esa uni to‘q kulrang yoki yashil rangda ham ko‘rayotgani haqida axborot bergach, qizg‘inlashdi.

Eslatib o‘tamiz, rosa 1 yil muqaddam, 2015 yilning 26 fevral kuni jahon ahli ba'zilarning ko‘ziga oq-tillarang, boshqalarga esa qora-ko‘k bo‘lib ko‘rinadigan ko‘ylak bilan to‘qnash kelgandi. O‘shanda bu munozaralarga musiqa va kino olamining taniqli vakillari ham qo‘shilishgandi.

Top