14:50 / 27.02.2016
4958

O‘zbekistonning ShHT Kotibiyatidagi doimiy vakili o‘zgardi

O‘zbekistonning ShHT Kotibiyatidagi doimiy vakili o‘zgardi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida ma'lum qilingan.

"O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasining birinchi kotibi Nuriddin Ubaydullayev, O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatidagi doimiy vakili etib tayinlandi", deyiladi xabarda.

ShHTga a'zo mamlakatlar — bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston. Belarus, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston esa kuzatuvchi davlatlar maqomiga ega. 2015 yil iyul oyida ShHTga Hindiston va Pokistonni qo‘shish jarayoni ishga tushirilgan.

Bu yil ShHTga raislik qilish vakolati O‘zbekistonga o‘tdi. ShHT sammiti 2016 yilning 23-24 iyun kunlarida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Top