11:14 / 27.02.2016
2655

Rossiya va Xitoyda qishki transferlar darichasi yopilmoqda

Bugun, 27 fevral kuni Rossiyada qishki transferlar darichasi yopiladi. 28 fevralga o‘tar kechasi Rossiyadagi barcha jamoalar 2015-16 yilgi mavsum uchun o‘z tarkibidagi yangi futbolchilarni qaydnomadan o‘tkazib bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, joriy qishki transferlar vaqtida TsSKA Sergey Tkachev va Roman Shirokovni transfer qildi, Aron Olanareni (Xitoyning "Guanchjou Fuli jamosidan) ijaraga oldi.

"Lokomotiv" esa Umar Niasni "Everton"ga qo‘yib yubordi va uning o‘rniga Esekiel Xentini oldi ("Olimpii" jamoasidan).

Shuningdek, "Zenit" "Terek"dan Maurisioni, "Dinamo"dan Aleksandr Kokorin va Yuriy Jirkovni xarid qildi. "Spartak" Serdar Tashchini "Bavariya"ga ijaraga berib, "Kuban" futbolchisi Lorenso Melgarexoni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Bundan tashqari, bugun Xitoyda ham qishki transferlar yakunlanadi. Xitoyliklar qishki transferlar mavsumida o‘ta faol harakat qilishdi. Xususan, Jyekson Martines "Atletiko"dan "Guanchjou Evergrand"ga, Ramires "Chelsi"dan "Tszyansu Sunin"ga kelib qo‘shildi. "Tszyansu Sunin" shuningdek, rekord darajadagi (50 mln yevro) mablag‘ evaziga "Shaxtyor"dan Aleks Teysheyrani transfer qildi. Esekiel Lavessi "PSJ"ni "Xebey Chayna Forchun" libosiga almashdi.

Top