19:00 / 27.02.2016
6159

Toshkentda Lacetti Gentra avtomobilini olib qochgan shaxslar qo‘lga tushdi

16 fevral kuni Toshkent shahri, Mirobod tumani Yakkachinor ko‘chasida kunduzi soat taxminan 13.30da “Lasetti” avtomobilida o‘tirgan ayolni nomalum shaxslar kelib, zo‘rlik bilan kuch ishlatib, uning avtomobilini olib qochgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan huquq tartibot organlariga murojaat qiladi.

“Ushbu jinoyatning fosh etilishi yuzasidan poytaxt miqyosida tezkor surishtiruv ishlari olib borildi. Toshkent shahar IIBB, barcha tuman IIB, Toshkent viloyati IIB va tuman IIBlari xabardor etilib, zudlik bilan ishga kirishildi”, deb yozadi “Ogoh” gazetasi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida 17 fevral kuni kechki soat chamasi 20.00 atrofida Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq mavzesida IIB xodimlari tomonidan avtomobilni olib qochgan jinoyatchilar qo‘lga olindi. Bu jinoyatni 1991 yilda va 1996 yillarda tug‘ilgan 3 nafar yigit sodir etgani aniqlandi.

Top