15:25 / 28.02.2016
8469

2015-yilning eng yomon filmlari va ijodkorlari nomi e'lon qilindi

“Kulrangning ellik xil tovlanishi” (“50 Shades of Grey”) va “Fantastik to‘rtlik” kinokartinalari “Oltin malina” mukofotida yilning eng yomon filmi deya qayd etildi.

“Kulrangning ellik xil tovlanishi” filmida birgalikda rol ijro etgan aktyorlar Jyeymi Dornan va Dakota Jonson eng yomon aktyor va eng yomon aktrisa sifatida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, ular “Eng yomon duet” nominatsiyasida ham g‘olib bo‘lishdi.

Bundan tashqari, “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan Eddi Redmeyn “Yupiterning chiqishi” filmidagi roli uchun “Oltin malina”dagi “Eng yomon ikkinchi darajali aktyor” deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, nomzodlar orasida “Kulrangning ellik xil tovlanishi”, “Piksellar”, “Baqaloq barchaga qarshi”, “Yupiterning chiqishi” filmlari yetakchiklik qilgan edi.

Eng yomon va kutilgan natijani bera olmagan filmlarni baholovchi “Oltin malina” mukofoti natijalari “Oskar” mukofotidan bir kun avval e'lon qilindi.

Top