16:27 / 28.02.2016
20781

3D-rasmlar olamiga sayohat

Ma'lumki, ko‘pchilik muzeylarda eksponatlarni suratga olish taqiqlangan. Filippin poytaxti Manilada joylashgan San'at Muzeyida esa bunaqa qoida yo‘q. Aksincha, muzey xodimlari tomoshabinlarga eksponatlarni suratga tushirishni, muzey hayotida faol ishtirok etishni, xullas, vaqtini yaxshi o‘tkazishni taklif etishadi. Muzey matbuot kotibi Blit Kambayaning aytishicha, muzeydagi san'at asarlari tomoshabinlarsiz to‘liq bo‘lmaydi, tomoshabinlar ularni nafaqat ko‘zdan kechirishlari, balki ularning bir qismiga aylanishlari, suratlarning ichiga kirib ketishlari talab qilinadi.

Muzeydagi rasmlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularni ma'lum burchak ostida suratga tushirganda optik illyuziya hosil bo‘ladi. Tomoshabinlar ko‘z oldida goh dengiz to‘lqinlari mavj uradi, goh o‘rta asr aslzodalari jonlanadi. Sayohatchilar ichida bu muzey katta mashhurlikka erishgan.

 
Top