07:25 / 28.02.2016
5280

Klinton Trampning saylovoldi shioriga izoh berdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton "Amerikani yana buyuk qilishga" va'da berayotgan respublikachi Donald Trampning saylovoldi shioriga izoh berdi.

"Siz eshitganingizga qaramasdan, biz Amerikani yana buyuk qilishimiz shart emas, chunki u doim buyuk bo‘lishda to‘xtamagan", deb aytdi Klinton Janubiy Karolina shtatidagi praymerizda g‘olib bo‘lgandan keyin.

Klinton buning o‘rniga mamlakatni yana birlashtirish va devorlar qurish o‘rniga mavjud to‘siqlarni buzish kerak, deb aytdi.

Joriy haftada Meksikaning sobiq prezidenti Trampning ikki davlat o‘rtasida devor qurish g‘oyasini keskin tanqid qildi. Bunga javoban Tramp devor yana 3 metrga balandroq qilib qurilishi bilan javob berdi.

Top