10:52 / 28.02.2016
13113

National Geographic arxividagi chop etilmagan suratlar

Barchaga ma'lumki, National Geographic tomonidan olinuvchi suratlar ko‘pchilikni lol qoldiradi. Tanlov va odatiy ishdan tashqari, taniqli jurnal arxivida yana bir qancha chop etilmagan ajoyib suratlar mavjud. Shu sababli “Topilgan” (Found) loyihacining mualliflari allaqachon unutilgan suratlarni yana jonlantirishga qaror qilib, ommaga havola etishdi. Loyiha 2013 yil amalga oshdi va National Geographic 125 yillik yubileyiga taqdim etildi. 

Ular orasida uzoq muddat arxivda saqlangan fotosuratlarni e'tiboringizga havola etamiz. 

Suvda suzayotgan ko‘za ustidagi mushuk, Filippin, 1935 yil

Shveytsariya o‘rmonidagi oq bug‘u, 1973

Soqchilardan biri yiqilib tushganiga qaramay, safdagilar jimlikni saqlab, tik turishda davom etmoqda, London, Angliya, iyun 1966

Bizonlar Yyellostoun istirohat bog‘idagi kuchli qor ostida, AQSh, noyabr 1967

Mushukcha ko‘zgudagi aksiga tashlanmoqda, 1964

Alpinistlar Rene tog‘idagi tosh ko‘prik ustida, Vashington, AQSh, may 1963

G‘arbiy Avstraliyadagi toshli to‘lqin cho‘qqisi, sentabr 1963

Le Louis IX restoranining Karamelka laqabli doimiy mijozi bo‘lgan mushuk yangi dugonasi bilan sheriklik qilmoqda, Parij, Fransiya, may 1988

Keniyalik yosh ayol o‘zining uy bug‘usini ushlab turibdi, Mombasa, mart, 1909

Sayyohlar ko‘prik uchun kesilgan katta daraxt kesmasini o‘rganishmoqda, “Sekvoyya” milliy bog‘i, AQSh, may 1951

Sevishganlar Triumf minorasinin yonida, Parij, Fransiya, 1960

Rambl ko‘chasining gul do‘konidagi ayol, Barselona, Ispaniya

O‘z yordamchilari - itlar bilan qo‘y podasini haydab ketayotgan kishi, Shotlandiya, 1919

Yopiq ichki uy ichidan uchib ketayotgan qushlar, Eski Gavana, Kuba, dekabr 1987

Erkak bahaybat o‘simlik barglari bilan solishtirganda noxotdek ko‘rinmoqda, Maui oroli, Gavayi, 1924

O‘rmonshunoslar va Mark Tven bahaybat daraxti, Kaliforniya, AQSh, 1892

Xarlem kanali bo‘yidagi lolalar dalasida hordiq olayotgan mahalliy aholi, Niderlandiya, 1931

Alyaska malamut zotiga mansub 10 oylik itining tishini tekshirayotgan erkak, Yujnyy polyus, 1957

Auyan-Tepui tog‘idagi sharshara, Venesuela, mart 1963

Maktab formasidagi bolalar pingvinlar bilan, London hayvonot bog‘ida, Angliya, 1953

Kapitoliya gumbazi ostida Jon Kennedi tanasi joylashgan tobut

AQShda Xitoylik ma'budani gavdalantirayotgan ayol, AQSh, 1915

Buqa ustidagi bolakay, Plezanton, AQSh, 1926

Zambezi dengizi yaqinidagi uy devorida velosiped ko‘targan odam soyasi, 1996 

Top