12:30 / 28.02.2016
4212

Xorazmda litsenziyasiz avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashigan haydovchilardan 154 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi

Xorazm viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalarini nazorat etuvchi 5ta guruh, shahar va tumanlarda reyd tekshiruvlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Xorazm viloyatida 2016 yil yanvar oyi davomida 16 ta reyd tekshiruvlari o‘tkazilib, 271 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. 70 ta xolatda haydovchilarning turlicha qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganligi sababli, avtotransport vositalarini jarima maydoniga vaqtinchalik kiritish va YPX xodimlari tomonidan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirish kabi choralar qo‘llanildi.

2016 yilning yanvar oyida eng yuqori ko‘rsatkich, ya'ni 200ta litsenziyasiz avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashiyotgan haydovchilar aniqlanib, Davlat soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, hujjatlar sud organlariga o‘tkazildi. Sud organlari tomonidan 197tasiga jami 153 million 896 ming so‘m miqdorida jarimalar tayinlandi.

Top