13:14 / 28.02.2016
8495

Zayniddin Zidan: «Balki kelasi mavsum «Real»da yangi murabbiy bo‘lar»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Atletiko»ga qarshi o‘yindan keyin mavsum oxirida jamoadan ketishi mumkin ekanini ta'kidladi.

«Men o‘z futbolchilarimga ishonaman, ular meni qo‘llab-quvvatlashadi. Kelasi mavsumda bizni katta o‘zgarishlar kutmoqda, balki murabbiy ham almashar. Shunday bo‘lsa ham biz ishlashda davom etishimiz kerak»,- deydi Zidan.

Ayni vaqtda «Real» Ispaniya chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda. Asosiy raqobatchi «Barselona» esa zaxirasida bitta o‘yin bilan «Real»dan to‘qqiz ochko ilgarilab ketgan.

Top