15:51 / 28.02.2016
8162

Zimbabveda prezidentning tug‘ilgan kunini nishonlashga $1 mln dollar sarflandi

Zimbabve Prezidenti Robert Mugabening 92 yoshini nishonlashga $1 mln dollar mablag‘ sarflandi. Bu haqida  RBK nashri xabar bermoqda.

Mugabe muholif kuchlarning noroziligiga qaramay, tug‘ilgan kunini katta miqyosda tashkil etdi. Norozilikning asosiy sababi Zimbabveda yashovchi oq tanli fermerlarga yerlarning bo‘lib berilishi bilan bog‘liq masala ekani aytilmoqda.


Agentlik xabariga ko‘ra, Zimbabve afrika milliy ittifoqi—Vatanparvar frontining yoshlar qanoti bu uchun $800 ming dollarga yaqin mablag‘ to‘plagan.
Marosim vaqtida havoga 92 ta havo shari uchirilgan va prezidentga ulkan tort sovg‘a qilingan.
Avvalroq Zimbabve prezidentining xotini Greys Mugabe u uchun maxsus nogironlik aravachi sotib olinishi va shundan so‘ng u yana mamlakatni boshqarishda davom etishi haqida ma'lum qilgandi.

Top