18:55 / 29.02.2016
4721

6 yoshli bola savdo markazi eskalatorida tiqilib qoldi

Arabistonlik 6 yoshli bolakay Gulf Kingdom savdo markazining eskalatoriga kirib ketgan. Uni xaridorlar qutqarib qolishgani tufayli qattiq jarohatlardan omon qolgan. Bu bolakay Taif shahri g‘arbida joylashgan savdo markazining ikkinchi qavatiga chiqayotganda eskalatorning uchiga osilgan va kiyimi bilan uning ichiga ilinib qolgan.

«Sabq» gazetasining yozishicha, eskalator baqirayotgan bolakayni pastga sudray boshlagan va xaridorlar uni eskalator oynasini sindirib, chiqarib olishgan.

«Bolakay qo‘lining bir qismi ham tiqilib qolgan. Lekin qattiq shikast olmagan va uni fuqaro himoyasi xodimlari shifoxonaga olib borishgan», deyiladi gazeta xabarida.

Top