00:17 / 29.02.2016
3670

Bag‘doddagi portlashlar qurbonlari soni 70 kishiga yetdi

Bag‘dod yaqinida IShID jangarilari tomonidan amalga oshirilgan ikkita terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 70 kishiga yetdi, 100 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

28 fevralda Bag‘dod yaqinida shialar yashaydigan Madinat-as-Sadr shahrida ikkita portlash amalga oshirildi. Huquq-tartibot muassasalarining ma'lum qilishicha, terrorchilar bomba bilan to‘ldirilgan mototsikllarda mobil telefonlar sotiladigan bozorda o‘zini portlatib yuborgan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, birgina xudkush bomba portlagandan keyin o‘zidagi portlovchi qurilmani portlatgan.

Top