22:25 / 29.02.2016
5494

I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyiga yangi direktor tayinlandi

Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyiga yangi direktor tayinlandi. Bu lavozimga O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining sobiq direktori Makset Qarlibayev tayinlandi, deb xabar bermoqda "Uzbekistan Today" nashri.

Oxirgi 30 yildan ko‘proq vaqt davomida muzeyga Marinika Babanazarova rahbarlik qilgan. Babanazarova Igor Savitskiyning 100 yillik yubiley tavallud ayomi nishonlanishi arafasida, o‘tgan yil yozda bu lavozimdan chetlatilgan edi.

Muzeyda yangi rahbarning tayinlanishi haqida hech qanday izoh berilmadi.

Makset Qarlibayev – tarix fanlari nomzodi, Toshkent davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini tamomlagan. Qoraqalpog‘iston tarixini o‘rgangan, bu mavzudagi bir qator ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.

Top