15:44 / 29.02.2016
10385

«Katta bo‘laman, turmushga chiqaman, shifokor bo‘laman, yuraklarni davolayman va sigir sotib olaman»

Qizini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga Buxoro viloyatidan Toshkentga kelish uchun, Sayyoraga oilani boqib turgan sigirini ham sotib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Boshqa iloj yo‘q edi - yo‘l sarf-xarajatlari, o‘zga joyda yashamoq, ovqatlanmoq... Uning qizi Zahro Gafarovada tug‘ma yurak xastaligi bor - yurak qorinchalari o‘rtasidagi parda nuqsoni, zudlik bilan operatsiya qilish kerak. Qizcha ushbu tashhis bilan oltinchi yil yashayapti. Har bir o‘tgan yil kech bo‘lib qolib, operatsiya qilish imkoni yo‘qolishi xavfiga xavf qo‘shib bormoqda. Bu kassallikning shunday xususiyati mavjud - ma'lum bir muddat o‘tgach, yurak operatsiya uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Qorinchalari o‘rtasidagi parda nuqsoni - bu chap va o‘ng qorinchalarni to‘la bo‘linmasligi.

Natijada qon bir qorinchadan (ko‘pincha chap qorinchadan, chunki u kuchliroq bo‘ladi) boshqasiga o‘tib qoladi va bu holat yurak va qon aylanish sistemasining tabiiy ishini buzadi.

Qorinchalar o‘rtasidagi parda nuqsoni barcha yurak xastaliklarini 20-25% tashkil etadi va har bir ming tug‘ilgan chaqaloqlarning uchinchi-beshinchisida uchraydi.

Tug‘ma yurak xastaliklarining sabalarini sanaganda shifokorlar yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar bu kasallikga bo‘lgan irsiy moyillikni ikki barobar ko‘tarishini, virus infeksiyalarini, jumladan qizilcha, gripp, gerpes (uchuq), ayniqsa ular bilan homiladorlikning boshlang‘ich davrlarida zararlanishlarini ko‘rsatadilar.

Alkogol, sigaret chekish, nazoratsiz dori-darmon qabul qilish, zararli ishlab chiqarishda ishlash (AYoQSh, lok va bo‘yoq ishlab chiqarish, kimyo zavodlari), yomon ekologiya, toksikozlar, stresslar kabi holatlar ham tug‘ma yurak xastaligining sabablari bo‘lishi mumkin.

Zahroni ko‘zlari chaqnab turadi, o‘zida ham xuddi motorcha bordek. Chaqqon, tiyrak, qiziquvchan, u bizlarni birinchi ko‘rishimizdan o‘ziga mahliyo qilib qo‘ydi. Onasi Sayyora boshidan o‘tganlarni so‘zlab berarkan, qizaloq o‘ziga fotosessiya uyushtirib ulgurdi. Diktofondagi tasmada butun yozuv davomida fotoapparatning chiqillashi eshitiladi. Vaqti-vaqti bilan Zahro onasining oldiga chopqillab kelib, habar olib, yo‘l-yo‘lakay bulkadan ushatib olib ketib turdi.

Sayyora ikki farzandni bir o‘zi ko‘tarmoqda, kichkina o‘g‘li uchga kirgan. Eri olamdan o‘tib qolgan. Ayolning daromadi faqat bolasiga davlat to‘lab turgan pensiya, boshpanani Sayyoraning ota-onasi bergan. Mahalla ham yordam berrmoqchi-yu, lekin nimadir bo‘lib, amalga oshmayapti.

Zahroning operatsiyasi ham olti yildan beri qolib kelayotgan edi. Bunday operatsiyalar, odatda bepul, chunki O‘zbekistonda bolalarga operatsiyalar kilish bepul, lekin Zahronikidek operatsilarni nozik bir jihati bor - ochiq yurakda o‘tkaziladigan operatsiyalar uchun zarur bo‘lgan qimmatbaho oksigenator va turli boshqa ashyolar hamma ularga muhtoj bolalarga yetishmaydi.

«Sochnaya dolina» savdo belgisi 2015 yil noyabr oyida «Hayotlarni birgalikda qutqaraylik!» aksiyasini o‘tkazdi va uning doirasida har bir sotilgan sharbat qutisidan tushgan pulning bir qismini Toshkent pediatriya institutining Bolalar kardiojarrohlik markaziga o‘tkazdi. Aktsiyada 15 nafar bolaning operatsiyasiga yetarli pul jamlandi. O‘sha pulga ochiq yurakda operatsiyaga muhtoj bo‘lgan, kam ta'minlangan oilalarda yashovchi bolalar uchun oksigenatorlar va boshqa kerakli narsalar sotib olindi.

«Katta bo‘laman, turmushga chiqaman, shifokor bo‘laman, yuraklarni davolayman va sigir sotib olaman», - deydi Zahro, muvaffaqiyatli o‘tkazilgan operatsiyadan keyin.

Zahro Gafarova sog‘ayib, uyiga qaytib ketdi.

Bu o‘n beshta «Yurak hikoyalari»dan o‘ninchisi va hali davomi bor...

Yurak hikoyalari. Birinchi hikoya. «Men bor joyda - doim quyosh charaqlaydi...»

Yurak hikoyalari. Ikkinchi hikoya: «Endi men yashashni istayman...»

Yurak hikoyalari. Uchinchi hikoya: «Ura, men operatsiyaga boraman!»

Yurak hikoyalari. To‘rtinchi hikoya: «Qo‘lbola mo‘'jiza»

Yurak hikoyalari. Beshinchi hikoya: Ona: O‘g‘ilchamning yurakchasi urayaptimi, degan xavotirda uyg‘onib, qulog‘imni ko‘kragiga qo‘yib eshitmagan kecha bo‘lmasa kerak

Yurak hikoyalari. Oltinchi hikoya: Oltinchi hikoya: «Tanishlar u hali ham hayotmi deb, ajablanishar edi...»

Yurak hikoyalari. Sakkizinchi hikoya:  «Evrika, meni tuzatishdi!»

Yurak hikoyalari. To‘qqizinchi hikoya: Hamma baxtli bo‘lsin!

Reklama huquqlari asosida.

Top