19:43 / 29.02.2016
2392

Mail.Ru runetdagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Mail.Ru kompaniyasi Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng qimmat internet-kompaniyalari reytingida yetakchiga aylandi.

Kompaniya narxi 4,7 milliard dollarga baholangan va birinchi marta «Yandeks»ni (4,3 milliard dollar) quvib o‘tgan holda reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Uchinchi o‘rinni 2,3 milliard dollarlik Avito, keyingi pog‘onalarni 1,1 milliard dollarlik «Yulmart» va 700 million dollarlik Exist internet-do‘koni band etdi.

Reytingdagi o‘zgarishlarga ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar va mobil reklamalar segmenti o‘sishi ta'sir ko‘rsatgan.

"Qolaversa, "Odnaklassniki"da (VTB24 bilan hamkor) foydalanuvchilar orasida pul o‘tkazmalari amalga oshirish joriy qilindi", deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Top