14:05 / 29.02.2016
2053

Merkel: migratsiya inqirozi – eng og‘ir sinov

Germaniyada boshpana izlovchilarning soni 1,2 millionga yetgan bo‘lsa ham, nemis kansleri muhojirlar muammosini hal etishga tanlagan yo‘lining to‘g‘ri ekanligiga shubha qilmayapti.

Germaniya kansleri Angela Merkel ARD telekanaliga bergan intervyusida, migratsiiya inqirozi o‘zining boshqaruv faoliyati davomida (2005 yildan buyon) duch kelgan eng og‘ir muammo ekanini tan oldi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Dunyodagi muhim siyosiy va iqtisodiy hodisalarda ishtrok etadigan Angela Merkel so‘nggi paytlarda, ayniqsa, muhojirlar inqirozi yuzasidan olib borayotgan ishlari tufayli Germaniyada qattiq tanqidga uchrayapti.

Top