07:38 / 29.02.2016
2569

«PSJ» Fransiya chempionatining joriy mavsumida ilk marta mag‘lub bo‘ldi

«PSJ» Fransiya chempionatining 28 turida «Lion»ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bu parijliklar jamoasining joriy mavsumda ichki birinchilik o‘yinlari doirasidagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

Oxirgi marta Loran Blan shogirdlari 2015 yilning martida «Bordo» jamoasiga qarshi bahsni 2:3 hisobida boy bergandi.

Bu mag‘lubiyatga qaramasdan «PSJ» Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rindagi «Monako»ni 23 ochko farq bilan ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinda bormoqda.

Lion – PSJ 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 13 Korne, 2:0 – 45 Darder, 2:1 – 51 Lukas.
Lion – Antoni Lopesh, Rafael (Keman, 75), Yanga-Mbiva, Morel, Bedimo, Ferri, Gonalon, Darder (Labidi, 88), Gezzal, Lakasett, Korne (Kone, 84).
PSJ – Trapp, van der Vil, Tiago Silva, David Luiz, Maksvell, Stambuli (Pastore, 46), Motta, Rabo (Matyuidi, 78), Lukas, Ibragimovich, Kavani.
Ogohlantirishlar: Motta (23), Yanga-Mbiva (43), van der Vil (58), Kavani (63), Ferri (72), Rafael (73), Rabo (74), Lukas (89).

Top