14:46 / 29.02.2016
15614

Saudiyalik olim G‘arbga qarshi g‘alati ayblov e'lon qildi

Saudiyalik olim G‘arbni ularning Fors ko‘rfazidagi Qirolligiga qarshi fitnada aybdor qildi.

“G‘arbliklar bizga eksport qiladigan go‘sht tarkibiga erkak va ayollar genini o‘zgartirib, ko‘proq qiz farzand ko‘rishga olib keladigan moddalar qo‘shadi”, - dedi Ali al Malkiy mahalliy televideniyega bergan intervyusida.

“Ular o‘g‘il bolalar bo‘lajak harbiy kuchlar ekanini tushunganlari uchun shunday qiladilar va shu yo‘l bilan raqiblarini kamaytiradilar. Ular dunyodagi yagona hokimlikka umid qilishyapti”, - deydi olim.

Malkiyning so‘zlari Saudiya Arabistonida katta bahs va norozi qarashlarni yuzaga keltirdi. Bu ayblov uning o‘tgan oy “Ayollar bu – sharmandalik” e'lonidan ham o‘tib tushdi.

Top