16:28 / 29.02.2016
4927

Shvartsenegger «Oskar» ola olmagan Stallonega taskin berdi

Hollivud aktyori Arnold Shvartsenegger «Oskar» taqdimotida g‘oliblar qatorida zikr etilmagan Silvestra Stalloneni o‘z tvitteri orqali yupatdi.

«Men uchun sen eng zo‘risan; Ular nima deganining ahamiyati yo‘q», – deya yozadi Shvartsenegger.

Stallone «Oskar» mukofotiga «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor» yo‘nalishida, «Krid: Rokki avlodi» filmidagi ishtiroki uchun da'vogarlik qilgandi. Ammo g‘oliblik Mark Raylensga («Shpion ko‘prigi») nasib etdi.

USA Today nashrining qayd etishicha, agar Stallone g‘olib sifatida e'lon qilinganida, bu yilgi taqdimot marosimini tarixdagi eng yaxshilaridan biri sifatida tan olish mumkin edi, lekin bunday bo‘lmadi.

«Oskar — 2016»: G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati

Top