08:59 / 29.02.2016
2165

Shveytsariya fuqarolari qonunni buzgan xorijliklarning deportatsiya qilinishiga qarshi ovoz berishdi

Shveytsariya fuqarolari referendum natijalariga ko‘ra jiddiy bo‘lmagan jinoyatlarni amalga oshirgan xorijliklarning avtomatik ravishda deportatsiya qilinishiga qarshi ovoz berishdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, ovoz berganlarning 59 foizi bunga qarshi chiqqan. Referendumga kelganlar umumiy aholining 62 foizini tashkil qilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bu 1992 yildan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bu masala bo‘yicha referendum o‘tkazish tashabbusi bilan Shveytsariya xalq partiyasi chiqdi. Ko‘plab partiyalar va mamlakat hukumati bunday o‘zgarishlarning qabul qilinishiga qarshi chiqishdi. Ularning fikricha, yangi o‘zgarishlarning ma'qullanishi Shveytsariyaning deyarli chorak aholisiga ta'sir qilgan bo‘lardi, chunki mamlakatda aynan shuncha xorijlik yashaydi.

Top