08:16 / 29.02.2016
5031

"Telba Maks" kostyumlar, sahnalashtirish va eng yaxshi turmak bo‘yicha "Oskar"ga sazovor bo‘ldi

"Telba Maks" filmi kostyumlar, sahnalashtirish va turmaklar bo‘yicha eng yaxshi deb topildi va "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritdi.

"Telba Maks" Oskarning dastlabki 3ta statuyetkasiga loyiq deb topildi. Kino ijodkorlari sahnaga ketma-ket chiqishdi. Film 10 nominatsiyada taqdim qilingan bo‘lib, eng yaxshi rejissura va eng yaxshi film nominatsiyalari ham shular jumlasidan.

Kostyumlar uchun mukofotni olishga buyuk britaniyalik dizayner Jyenni Biven chiqdi. Jyenni bu mukofotga 10-marta nomzod bo‘lib, 2-bor loyiq deb topilmoqda.

Sahnalashtirish bo‘yicha nominatsiyani Kolin Gibson va Liza Tompson qabul qilib olishdi.

Film qahramonlari turmaklarini yaratgan 3 nafar stilistga ham haykalchalar berildi.

Top