21:21 / 01.03.2016
3142

Yevrosiyo davlatlariga kiber-xavfsizlikni oshirish tavsiya qilindi

Yevrosiyo kiber-xavfsizlik tashkiloti Yevrosiyoning MDH hududidagi davlatlari yetakchilarini fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlarini himoyalashni kuchaytirish maqsadida internet-trafikni nazoratga olishga chorladi, deb xabar bermoqda tashkilot saytida.

AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snoudenning AQSh Federal qidiruvlar byurosi Apple qurilmalaridan ma'lumotlarni olishga qodirligini aytgani ortida tashkilot MDHdagi davlatlarni Apple, Google, Facebook, Twitter, Samsung va boshqa IT-gigantlarga nisbatan harakatlarni muvofiqlashtirishga chaqirdi.

"Yevroosiyo davlatlari Rossiya kabi pochta xizmatlari, qidiruv tizimlari va ijtimoiy tarmoqlarga ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalarni foydalanuvchilar haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni faqatgina milliy serverlarda saqlashga majburlovchi qonun qabul qilishi kerak", deyilmoqda xabarda.

Tashkilot fikricha, ushbu qonun ta'siriga Yevrosiyo davlatlari fuqarolari haqidagi istalgan ma'lumotlar, jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlar ham tushishi kerak. Bu qonunlarni bajarish rad etilsa, tegishli choralar qabul qilinishini, hattoki sayt va servislarni bloklash kerak.

Tashkilotning boshqa muhim vazifasi IT-infratuzilmasi ishonchliligini oshirish bo‘lishi kerak. Shu maqsadda MDH davlatlari milliy IT-xizmatlari yetkazib beruvchilar sonini oshirishi hamda favqulodda vaziyatlar holati va xorijiy ta'sirdan himoyalanish uchun zaxira mexanizmlarini ishlab chiqishi kerak.

"Trafikni monitoring qilishning Yevrosiyo tizimini yaratish zarur, bu tizim nuqtalarning o‘zaro bog‘lanishini tushunish, Yevrosiyo chegaralarini kesib o‘tuvchi aloqa kanallari miqdorini sanash va tegishli muassasalar tomonidan hisobga olinmagan "yashirin" kanallarni aniqlashga imkon beradi", deb ta'kidlamoqda tashkilot O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston, Moldova va Tojikiston yetakchilariga yo‘llagan murojaatida.

Top