08:36 / 01.03.2016
2556

Janni Infantino: «Maoshim qancha bo‘lishini bilmayman. Men pul uchun saylovda qatnashmadim»

26 fevral kuni o‘tkazilgan saylov natijasida FIFAning yangi prezidentiga aylangan Janni Infantino o‘zining yangi lavozimidagi maoshi qancha bo‘lishini bilmasligini bildirdi.

«Menga bu haqda aytishmagan. Shuni aytishim mumkin, balki siz ishonmassiz ham, lekin men ko‘p pul topish maqsadida FIFA prezidenti bo‘lishni istamadim.

Men hali kimdandir maoshim qancha bo‘lishini so‘ramadim. O‘zlari ma'lum qilishsin, ko‘ramiz», – deydi u.

Infantinoning ma'lum qilishicha, 2026 yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun ariza berish tartibi may oyida o‘tkaziladigan FIFA kongressi vaqtida o‘zgartirilishi mumkin.

«Taxminimcha, yaqin oylar ichida, navbatdagi kongress bo‘lib o‘tadigan may oyigacha mundial mezbonligi uchun ariza topshirish tartibini ko‘rib chiqamiz.

Qatar va Rossiyaning mezbonligi masalasiga kelsak, qaror 2010 yilgi arizalarni qabul qilish qo‘mitasi tomonidan chiqarilgan. O‘tgan vaqt ichida bu qarorlar bo‘yicha turli gaplar aytiladi.

Endi bunday gaplarga javoban Rossiya-2018 va Qatar-2022 turnirlarini tarixdagi eng yaxshilari sifatida o‘tkazib berishimiz kerak bo‘ladi», – deydi Infantino.

Top