23:08 / 01.03.2016
20822

Ota-onalar va farzandlarning bir xil surati internetda shov-shuvga aylandi

Ota-onalar va farzandlarning bir xil fotosuratlari internetni larzaga keltirdi, deya xabar beradi Daily Mail. Foydalanuvchilar ota-bola, ona-qiz, bobo-nabiradan ko‘ra ko‘proq egizaklarga o‘xshaydigan qahramonlarning suratlarini joylashtirmoqda.

O‘tga hafta foydalanuvchi Reddit 2ta fotosuratni joylashtirdi: o‘zini va onasining 25 yoshda tushgan suratini. Ular kiygan kiyim va holat bir xil bo‘lganligi uchun kim aslida kim ekanligi ajratib olish juda qiyin bo‘ldi. Mazkur suratni bir kun ichida Imgur xizmatida 4,1 millionga yaqin inson tomosha qilgan.

Shundan so‘ng tarmoqlarda boshqa qarindosh-egizaklarning ham suratlari paydo bo‘la boshladi. Ba'zi bir foydalanuvchilar ota-onalarining yoshlik davridagi qiyofasini o‘xshatish maqsadida ularning suratdagi holati va kiygan kiyimini topishga urinishgan. Gazeta qayd etishicha, bu suratlar olmaning tagiga olma tushishini yana bir bor isbotlaydi.

Top