17:54 / 01.03.2016
2227

Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti rektori boy bitiruvchilar ehsoni evaziga maktablar saytini yaratishga chaqirdi

Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti rektori, Rossiya ta'lim vazirligi sobiq vaziri Vladimir Filippov maktablarning boy bitiruvchilari ehsoni evaziga maktablar saytini yaratishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Filippovning so‘zlariga qaraganda, mamlakatdagi har bir maktabda moddiy tomondan baquvvat o‘nlab bitiruvchilar mavjud bo‘lib, ular uchun 5—10 ming rublni “qurbon qilish” hech gap emas.

“Gap shu haqda boryaptiki, mamlakatda mavjud barcha maktablarning saytini yaratish kerak. Tugmani bosasan va sen o‘sha maktab haqida to‘liq hisobot olishni boshlaysan. Xizmat haqi esa, masalan, besh ming rubl bo‘ladi. Natijada maktablarning moddiy bazasi milliardlab rublga boyiydi” — dedi Filippov.

Uning aniqlik kiritishicha, bunday taklif bilan mamlakat ta'lim va fan vazirligiga hozircha murojaat etgani yo‘q, ammo vazirlikni ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashini to‘g‘ri deb hisoblaydi.

Top