15:17 / 02.03.2016
5228

AQSh maxfiy xizmati “Kasperskiy Laboratoriyasi” dasturining xatarini ma'lum qildi

AQSh mudofaa vazirligining razvedka boshqarmasi “Kasperskiy Laboratoriyasi” dasturiy ta'minotidan foydalanuvchi kompyuter tarmoqlarini rossiyalik xakerlar buzib kirishi ehtimoli mavjudligi haqida ma'lum qildi. 

Mudofaa sohasi mansabdorlari sanoat, ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning “Laboratoriya Kasperskogo” mahsulotlarini sotib olishidan xavotirdaligini bildirgan. Ularning fikricha, ushbu dasturiy ta'minot orqali xakerlar tizim boshqaruviga kirishlari va ma'lumotlar to‘plashlari mumkin, deb xabar beradi The Washington Free Beacon.

Nashriyot manbalari yana shuni qayd etishdiki, rossiyalik xakerlarning AQSh sanoat tarmoqlaridagi kiberrazvedkaga aloqadorligi xususidagi ma'lumotlar ham yuqoridagi xavotirning tug‘ilishiga asos bo‘lgan.

Top