20:23 / 02.03.2016
4434

Barak Obama haqidagi yangi filmda bosh rolni o‘ynovchi aktyor tanlandi

"Barri" filmida yosh Obama rolini ijro etishi uchun aktyor topildi. Variety nashrida yozilishicha, bu Devon Terrell bo‘ladi.

Prezident hayoti haqida hikoya qiluvchi bu kartinada Obamaning Nyu-Yorkda o‘tkazgan talabalik davri tasvirlanadi.

Film rejissyori Vikram Gandi. Suratga olish ishlari Black Bear Pictures va Cinetic Media tomonidan olib boriladi. S'yomka jarayoni mart oyi oxirida boshlanadi.

Terrellni rejissyor Stiv Makkuin ("12 yil qullikda", "Uyat") kashf qilgan. U bu aktyorni o‘zining "Axloq normalari" serialiga taklif qilgan.

Bundan oldinroq, "Southside With You" filmi haqida xabar berilgan, bu kartinada Obama o‘z rafiqasini uchratgan 1989 yilning yozidagi voqealar tasvirlanishi aytilgandi. Bu filmda bosh rolni Parker Soyyers ijro etadi, Mishel Obamani esa Tika Stampter gavdalantiradi.

Top