12:28 / 02.03.2016
4841

«Chelsi» futbolchisi APLning joriy mavsumdagi eng tezkor goli muallifiga aylandi

Angliya chempionatining 28 turi doirasida «Norvich» va «Chelsi» o‘rtasidagi bahsning (1:2) ilk daqiqasidayoq hisob ochildi. 39-soniyadayoq urilgan gol muallifi mehmonlar yarimhimoyachisi Kennedi bo‘ldi.

Yosh futbolchi bu goli orqali APLning joriy mavsumdagi eng tezkor golni urgan futbolchiga aylandi. Ungacha bu maqom «Bornmut» futbolchisi Mett Ritchiga tegishli edi. U «Tottenhem»ga qarshi bahsning 49-soniyasid darvozani ishg‘ol qilgandi.

Qayd etish kerakki, 20 yoshli braziliyalik bu futbolchi kecha APLdagi ilk golini urdi. Kennedi «Chelsi»ga 2015 yilning yozida 6,3 mln funt evaziga kelib qo‘shilgandi. U shu vaqtgacha APLning 8 o‘yinida harakat qilgan. «Norvich»ga qarshi o‘yinda jamoa yetakchisi Azar 2015 yilning 26 sentabridan buyon ilk marta samarali uzatma muallifi bo‘ldi. U hali mavsumda gol urmagan.

Top