00:39 / 02.03.2016
5471

"Lokomotiv" mehmonda "Al Ittihod" bilan durangga erishdi

Osiyo Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Al Ittihod" - "Lokomotiv" uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida arab klubi o‘yinchisi Salli Muntari kuchli zarba bilan hisobni ochdi.

80-daqiqada Oleg Zoteyev penalti ishladi. 11 metrlik jarima to‘pini Temurxo‘ja Abduxoliqov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda BAAning "Al-Nasr" klubi o‘z uyida Eronning "Sepaxon" klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

OChL, 2-tur "A" guruhi
"Al Ittihod" - "Lokomotiv" 1:1
Gollar: Salli Muntari 14 - Temurxo‘ja Abduxoliqov 80 penalti

"Al Ittihod": 12.Assaf Al Qarni, 4.Salli Muntari, 9.Gelmin Rivas, 10.Abdulfattoh Asiri (44.Muxtor Fallatah, 82), 13.Ahmad Asiri , 15.Jamol Bajandux, 27.Avad Al Yami (33.Yosir Al Nakxli, 46), 29.Lusian Sanmartin, 30.Ziyod Abdulvohid, 49.Abdulrahmon Al Gamdi (7.Ahmad Al Natxiri, 70), 51.Majid Al Haybari.
Zaxira: 25.Xani Al Naxed, 21.Hamad Al Montashari, 23.Muhammad Abusaban.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev (29.Quvondiq Ro‘ziyev, 66), 13.Nemanya Yanichich, 15.Sardor Mirzayev, 18.Timur Kapadze (7.Sadriddin Abdullayev, 90+1), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 28.Ikrom Aliboyev (11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 46), 33.Oleg Zoteyev, 37.Sherzod Fayziyev.
Zaxira: 12.Ma'mur Ikromov, 17.Salim Mustafoyev, 24.Xurshid Muxtorov, 70.Ivan Nagayev.

Ogohlantirishlar: Avad Al Yami 40, Nemanya Yanichich 48, Kaxi Maxaradze 90+2.

Top