15:23 / 02.03.2016
3336

Lui van Gaal: «Men masxaraboz emasman»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya chempionati 27-turida «Arsenal»ga qarshi kechgan va jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda to‘rtinchi hakam oldida yiqilgani haqida fikr bildirdi.

«Men masxaraboz emasman. Mening ismim Lui van Gaal va men murabbiy hamda insonman.

Bunday yiqilishlar mening falsafamning bir qismi hisoblanmaydi. Bu ishim o‘yin natijasiga ta'sir qildi, deb o‘ylamayman. Maydonda murabbiy emas, balki futbolchilar o‘ylashi kerak", - deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, u o‘shanda «Arsenal» futbolchisi simulyatsiyasini hakamga takroran namoyish etish uchun yiqilib bergandi.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Van Gal hakam oldida yiqilib berdi

Van Gaal: «Hakam oldida yiqilganimda men nohaq edim va buning uchun uzr so‘rayman»

Xiddink van Gaalning «qulashi»ga kinoyali munosabat bildirdi

Top