14:19 / 02.03.2016
1953

Manuel Pellegrini: «Chempionlik poygasida ortiq xato qilishga haqqimiz yo‘q»

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Angliya premer-ligasining «Liverpul»ga qarshi uchrashuvi oldidan chempionlik poygasidagi imkoniyatlari borasida gapirib o‘tdi.

«Hozirda «Lester» bilan oradagi farq shuni ko‘rsatib turibdiki, endi xato qilishga haqqimiz yo‘q. Hozircha chempion bo‘lish uchun imkoniyatimiz saqlab qolingan ekan – kurashish kerak. Ishonchim komil, chempionat finishida jamoamiz hozirgiga qaraganda kuchliroq futbol ko‘rsatadi.

Qachonki, tajriba bo‘lganda qiyin vaziyatlardan chiqib keta olish mumkin bo‘ladi. Biz o‘tgan mavsumda ham xuddi shunday holatda edik va o‘zimizga ishonishda davom etganmiz. To‘rt yil oldin «Siti» Manchini boshchiligida «MYu»dan sakkiz ochko orqada bora turib oxirida chempion bo‘lganini yaxshi eslayman.

Shunday ekan hamma narsa bo‘lishi mumkin», – deya Pellegrinidan iqtibos keltiradi «Manchester Siti» rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, 26 uchrashuvdan keyin «Siti» APL jadvalida 4-o‘rinda bormoqda, jamoa «Lester»dan ikkita o‘yin kam o‘tkazgan holda 10 ochko ortda qolayapti.

Klaudio Raneri: «Lester» chempionlik poygasidagi ishtirokini davom ettiradi»

Top