10:11 / 02.03.2016
6827

Moskva qabristonlarida Wi-Fi nega kerak ekani izohlandi

Moskva savdo va xizmat ko‘rsatish departamenti rahbari Aleksey Nemeryuk “Gazete.Ru”ga bergan onlayn-intervyusida nima uchun Moskva qabristonlarida Wi-Fi kerakligi haqida izoh berdi.

“Gap faqat Moskvaning tarixiy va madaniy qimmatga ega uchta qabristoni xususida ketmoqda. Hozir maxsus kodlar bor, u yoki bu yodgorlik oldiga kelib, uning kodini suratga olib internet orqali o‘sha qabr yoki unda dafn etilgan shaxs haqida ma'lumot olish mumkin”, -tushuntirdi Nemeryuk.

“Ushbu tekin Wi-Fi, hamkasblarim hazillashgandek, u yerda ko‘milganlar uchun emas”, - deb aniqlik kiritdi u.

Top