17:06 / 02.03.2016
2402

NATOning Afg‘onistondagi missiyasiga yangi qo‘mondon tayinlandi

NATOning Afg‘onistondagi missiyasiga yangi qo‘mondon tayinlandi. Deutsche Welle xabariga ko‘ra, endilikda Afg‘onistondagi "Qo‘llab-quvvatlash" guruhi va amerikalik harbiylarga general Jon Nikolson boshchilik qiladi.

Xabarda aytilishicha, bungacha 1,5 yil davomida bu vazifani bajarib kelgan Jon Kempbell ortga chaqirib olingan.

2014 yilning dekabrida AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari Afg‘onistondagi o‘z missiyasini yakunlagandi.

Top