16:58 / 02.03.2016
5572

OAV: Ronaldu va Serxio Ramos «Real» prezidentidan o‘zlarini transferga qo‘yishini so‘radi

Ispaniyaning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va himoyachi Serxio Ramos klub rahbariyatidan o‘zlarini transferga qo‘yishini so‘ragan, deb yozadi Sport.es internet-nashri El Chiringuito telekanaliga asoslanib.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, futbolchilar bunday murojaatni «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peresga yetkazishgan. Ronaldu Ispaniya chempionatining 26-turidagi «Atletiko»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatning (0:1) ertasiga Peresga jamoadan ketmoqchi ekanini bildirgan. O‘z navbatida, Ramos ham o‘zini boshqa jamoaga sotib yuborishlarini so‘rab chiqqan.

OAV: Florentino Peres Ronalduni ortiq «Real»da ko‘rishni istamayotganini bildirdi

Top