15:35 / 02.03.2016
4084

Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligidan ketsa, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanmoqchi

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov iste'foga chiqqudek bo‘lsa, uy ishlari va farzandlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Uning o‘zi bu haqda "Interfaks" agentligi uchun bergan intervyusi vaqtida ma'lum qilgan.

"Agar Checheniston Respublikasi prezidenti o‘zgartiriladigan bo‘lsa, men bo‘sh bo‘laman va uy ishlari bilan, shuningdek, bolalar tarbiyasi bilan ko‘proq shug‘ullana boshlayman. Menda ular 9 nafar. Shu vaqtgacha ular bilan yetarli muloqot qilishga vaqt topa olmayman. Bu yaxshi emas. Bolalar har kuni otalari bilan bo‘lishlari, har soatda so‘zlashib turishlari kerak", deydi Qodirov.

Bundan tashqari, u Rossiya manfaatlari uchun ishlashda davom etmoqchiligini bildirgan.

"O‘zim o‘rganishda va boshqalarga o‘rgatishda davom etaman. Vatanimga xizmat qilaman. Istalgan vaqtda, agar Vladimir Putin xizmatga chaqirsa, bir piyoda kabi uning xizmatida turaman! Boshqa savollarni esa to‘xtatib turing, unday savollarni biz muhokama qilmaymiz", degan u.

Bundan oldinroq, Ramzan Qodirov o‘z kelajagi Putin tomonidan hal qilinishini aytgani haqida xabar berilgandi.

Top