17:47 / 02.03.2016
3188

Raspberry Pi 3 kompyuterini taqdim etdi

Raspberry Pi Foundation rasmiy tarzda Pi 3 kompyuterining uchinchi versiyasining sotuvi boshlanganligi haqida xabar berdi.

Qurilma avvalgi hajm va form-faktorini saqlab qoldi, lekin yangi protsessor (1.2GHz 64-bit quad-core ARM) va o‘rnatilgan simsiz modullarga (Wi-Fi va Bluetooth 4.1) ega. Operativ xotira hajmi ham o‘zgarmadi (1 GB).

Kompyuter narxi — chegirma bilan 35 dollar. Uning narxi Raspberry Pi 2 bilan bir xil.

Top